SAFE ALPINAGRATE

SAFE ALPINAGRATE mahsulotlar (qadam bosish xavfsizligi)

SAFE ALPINAGRATE mahsulotlar sirpanish xavfi mavjud bo’lgan joylarda tez va iqtisodiy ravishda unumli xavfsizlikni oshirish yo’llarini topishga mo’ljallangan.
Sirpanisga qarshilik
Turli ishlab chiqarish sohalarda sirpanib yiqilish asosiy xavf xatarlardan biri bo’lib bu ish kunlari yo’qotilishiga olib kelishi mumkin. ALPINA GRATE EUROPE panjaralari ikki turda, yani tekisligi ichiga kirgan hamda qum bilan qoplangan turlarida ishlab chiqariladi. Panjaralarning ikkala turi ham nam yoki yog’li muhitlarda yuqori sirpanishga qarshilik sifatiga ega bo’lib sanoat muassasalaridagi sirpanib yiqilishlar sonini ancha kamaytiradi. Ikkala tur ham “Buyuk Britaniyaning sirpanishga qarshilik ko’rsatkichlari-2009” hujjatida ko’rsatilgan sirpanishga qarshilik sifatiga qo’yiladigan talablardan ancha oshadi.

Uzoq vaqt davomida foydalanish
ALPINA GRATE EUROPE SAFE ALPINAGRATE panjaralari kremniy oksidi bilan qoplangan. Ular harorat o’zgarishlariga va yemirishga qarshi mustahkamlikni hamda qattiqlikni ta’minlaydi. Bu mahsulotga qo’yiladigan asosiy talablarni qondiradi. Ishlab chiqarish jarayonida pahjara kremniy oksidi bilan doimiy aloqada bo’ladi va buning natijasida panjaraning sirpanishga qarshilik xususiyatlari uzoq vaqt davomida saqlanib turadi.

Yemirishlarga chidamlik
ALPINA GRATE EUROPE SAFE ALPINAGRATE mahsulotlari tajovuz kimiyoviy sharoitlarda ishlatiladigan yuqori sifatli shisha tolalari va qatronlardan ishlab chiqariladi. I- va V-turlardagi tugalmalar mavjid. Kimiyoviy mustahkamlik ko’rsatkichlari talab bo’yicha taqdim etiladi.

O’rnatish
ALPINA GRATE EUROPE SAFE ALPINAGRATE mahsulotlari asos sifatida istagan sohalarda ishlatilishi mumkin, ular tez va onson o’rnatiladi. Ularning xavfsizligi yelim yoki mexanik ulashlar yordamida ta’minlanadi va qo’pincha xizmatlar imkoniyatlariga mos. Mahsulot ishlab chiqarilganidan so’ng foydalanishga tayyor. Hamma ALPINA GRATE EUROPE SAFE ALPINAGRATE mahsulotlar shaxsiy spetsifikatsiyalar asosida ishlab chiqarilib, qirqilib o’rnatilishi mumkin.


Ranglar

Panjaralar sizlarning talablaringizga ko’ra siz istagan rangda ishlab chiqarilishi mumkin.

Quyma panjaralar

Quyma panjaralar bo’yalganda ularning faqat usti bo’yalib qo’yilmasdan balki bo’yoqni qatronga qo’shish yo’li bilan bo’yaladi. Buning natijasida rang uzoqroq saqlanib, eskirmay turadi.