Afzalliklari

ALPINAGRATE panjaralarining afzalliklari

1. Yemirishlarga chidamliligi va kimyoviy mustahkamligi

Yemirish bu kimiyo, po’lat quyish, oziq-ovqat sanoati, suvga ishlov berish va chiqindi suvlarni qayta ishlash, energetika va boshqa sohalarning asosiy muammolaridan biri. Kimiyovoy va boshqa tabiatga ega bo’lgan yemirish moddalari metall, yog’och va boshqa shunga o’hshash materiallarga ta’sir qiladigan sharoitlarda ALPINA GRATE EUROPE ishlab chiqaradigan panjaralar xavfsiz, chidamli, uzoq vaqt davomida foydalanadigan, iqtisodiy ravishda tejamli, ishonchli vosita sifatida talablarni qondiradi. Atrof muhit sharoitlariga ko’ra ALPINA GRATE EUROPE panjaralari va boshqa mahsulotlarini chiqarish uchun ortoftal poliefir, izoftal poliefir, fenol yoki vinilefir qatronlari ishlatilishi mumkin.

2. Vazniga ko’ra mustahkamligining yuqori ko’rsatkichlari

ALPINA GRATE EUROPE panjaralari yuqori sifatli shisha tolalari hamda qatronlarni aralashtirish yo’li bilan ishlab chiqariladi. Ular yuqori mustahkamlikka ega bo’lib vazni po’lattan ishlangan panjaralar vaznining yarimiga teng. Shuning uchun ular osongina, maxsus uskuna va asboblardan foydalanmasdan yig’ilishi mumkin. Bundan tashqari qo’l ishidagi xavfsizliklar ham kamayadi. ALPINA GRATE EUROPE panjaralari to’g’ri, qoidalarga muvofiq yig’ilgan bo’lsa ular po’lat panjaralardan yuk ko’tarish hamda tashqiy ta’sirlarga qarshilik ko’rsatkichlari bo’yicha ancha o’zib ketadi.

3. Mustahkamlik

ALPINA GRATE EUROPE panjaralarining mustahkamligi ularning ichki tuzilishini buzmasdan bir nega bor dastlabki holatidan o’zgartirishga imkoniyat beradi. Baz’an o’zgarishlar yuklash tufayli paydo bo’lishi mumkin. Ammo metaldan ishlab chiqarilgan panjaralarga nisbatan shisha tolalaridan ishlab chiqarilgan panjaralar o’ziga xos xotiraga ega. Agar yuk shisha tolali panjaradan olinsa u o’zining dastlabki holatiga qaytadi.

4. Yong’inga qarshi chidamlik

ALPINA GRATE EUROPE panjaralari ASTM E-84 usuli bo’yicha aerodinamik quvurdagi sinovdan o’tgan. Qatron turiga ko’ra bu ko’rsatkichlar Class1 darajasiga yetishi mumkin. Yong’in tarqashi ko’rsatkichi bo’yicha bu 5-25 yoki undan ham past miqdorga teng. Sinovlar kaydnomalari talablarga asosan taqdim etilishi mumkin. Yong’inga qarshi chidamlik bo’yicha maxsus talablar ko’shimcha buyurtmalarga asosan qondiriladi.

5. Ergonomika

Ishchilarning tajribasi butun ish kuni davomida beton yoki po’lat qoplamalar ustida turib o’tkazish juda murakkabligini ko’rsatadi. Bunday holatlarda ALPINA GRATE EUROPE panjaralari bu muammoni bartaraf etishga qaratilib ulardan foydalanish ishchilarning beli va oyoqlariga to’g’ri keladigan og’irlikni yengillashtiradi. Panjaralarning tabiiy egiluvchanligi ular ustida uzoq vaqt davomida charchamasdan turishga imkoniyat beradi. Bunga erishish maqsadida panjaralar tarkibiga ularning sifatiga ta’sir qilmaydigan qo’shimcha plastik moddalar kiritiladi.

6. Sirpanishga qarshilik

Turli ishlab chiqarish sohalarda sirpanib yiqilish asosiy xavf xatarlardan biri bo’lib bu ish kunlari yo’qotilishiga olib kelishi mumkin. ALPINA GRATE EUROPE panjaralari ikki turda, yani tekisligi ichiga kirgan hamda qum bilan qoplangan turlarida ishlab chiqariladi. Panjaralarning ikkala turi ham nam yoki yog’li muhitlarda yuqori sirpanishga qarshilik sifatiga ega bo’lib sanoat muassasalaridagi sirpanib yiqilishlar sonini ancha kamaytiradi. Ikkala tur ham “Buyuk Britaniyaning sirpanishga qarshilik ko’rsatkichlari-2009” hujjatida ko’rsatilgan sirpanishga qarshilik sifatiga qo’yiladigan talablardan ancha oshadi.

7. Uzoq vaqt davomida ishlatilish

ALPINA GRATE EUROPE panjaralari 30-40 yildan ortiq foydali ishlatilishiga kafolat beramiz

8. Xarajatsiz xizmat qilish

ALPINA GRATE EUROPE panjaralari joyiga o’rnatib ularni esingizdan chiqarishingiz mumkin. Ularni tozalash juda onson. Panjaralar ochiq bo’lgani tufayli har xil axlatlar to’planmasdan orasidan o’tib ketadi, shuning uchun odamlar yuradigan yuzalar har doim toza bo’lib turadi. Panjaralar yemirishlar va ultrafiolet nurlariga chidamli bo’lgani uchun ularning rangi uzoq vaqt davomida saqlanib turadi.

9. Xavfsizlik

ALPINA GRATE EUROPE panjaralari yuqori qarshilikka ega bo’lgani uchun ular elektr tokidan foydalanadigan joylarda ishlatilishga yaraydi. ALPINA GRATE EUROPE panjaralari magnitlanmaslik xususiyatiga ega bo’lgani uchun ular metallar magnitlanish hususuyatlari zarar ta’sir qilish imkoniyatiga ega bo’lgan joylarda ishlatilishi mumkin. Panjaralar uchqun chiqarmaydi, shuning uchun yonilg’i moddalar mavjud bo’lgan hamda asboblar po’lat tekisliklarga tushishi natijasida uchqun chiqib ketishi mumkin bo’lgan xonalarda ishlatishga yaraydi.

10. Tejamkorlik

Boshida panjaralar sotib olinganda po’lat hamda epoksid panjaralar uchun sarflanadigan xarajatlar teng bo’ladi. Ammo epoksid panjaralardan foydalanish muddati po’lat panjaralariga qaraganda ancha uzoqroq. Bundan tashqari ularni ko’p xarajatsiz xizmat qilish mumkin. Natijada epoksid panjaralardan foydalanish yo’li bilan tejamkorlikka erishish mumkin. Bundan tashqari ularni o’rnatish uchun sarflanadigan xarajatlar ham po’lat panjaralarnikiga qaraganda odatta kamroq bo’ladi.


Ranglar

Panjaralar sizlarning talablaringizga ko’ra siz istagan rangda ishlab chiqarilishi mumkin.

Quyma panjaralar

Quyma panjaralar bo’yalganda ularning faqat usti bo’yalib qo’yilmasdan balki bo’yoqni qatronga qo’shish yo’li bilan bo’yaladi. Buning natijasida rang uzoqroq saqlanib, eskirmay turadi.