ADD’s

Quyma panjaralarning qoplamalari. Quyma epoksid panjaralar boshqa epoksid panjaralarga qaraganda shuning dek sirpanishga qarshilik xususiyatiga ega. Ular tomlarni qoplashda, sirpanib yiqilishga qarshi himoya sifatida hamda uskunalarni himoyalashda ishlatiladi.
Qoplangan epoksid panjaralar. Qoplangan epoksid panjaralar yuzasiga ularning sirpanishga qarshilik xususiyatini ta’minlash uchun kvars kristallari sochiladi. Bu panjaralar turi eng yuqori sirpanishga qarshilik xususiyatiga ega bo’lgani uchun bu panjaralar ularning ustidan xavfsiz yurishni ta’minlaydi.
Yuzalari ichiga kirgan epoksid panjaralar. Yuzasi ichiga kirgan panjaralar kam odam yuradigan joylarga yani hojatxonalar yoki vannaxonalarga to’g’ri keladi. Bunday xonalarda sirpanishga qarshilik hamda panjaralar yuzasi onson tozalanishi talab etiladi.
Mini-mesh panjaralar – kichik uyachali panjaralar. Mini-mesh panjaralari 12 mm x 12 mm teng ochiq maydonchalarga ega. Maydonchalarning bunday kichik o’lchamlari 13 mm dan katta bo’lgan qismlar orasidan o’tib tushib ketishga yo’l qo’ymaydi. Bu 15 mm ga eng Ovropa standartlariga to’g’ri keladi. Teshikchalarning kichikligi panjara ustidan har xil kichik texnik vositalar, nogironlar kursilari, aravachalar yurishiga imkoniyat beradi.
Panjaralarning o’tkazish xususiyati. ALPINA GRATE EUROPE panjaralari karbon bilan qoplanadi va panjaralar yerga to’g’ri, yetarli darajada ulangan bo’lsa xavfli statik toklardan himoyalaydi. Bu qatronlarning hamma turlariga xos. Bunday panjaralar murakkab uskunalar statik toklardan himoyalanishi kerak bo’lgan elektron sohalarda, mashinasozlik zavodlarda, harbiy sanoat korxonalarida ishlatiladi. Maxsus panjaralarning 300 mm ga to’g’ri keladigan elektr qarshiligi 26KOmdan kam.
Yopiq epoksid panjaralar. Panjaralarning hamma turlari hamda kattaliklari qo’shimcha qoplangan bo’lishi mumkin. Qoplamaning qalinligi odatta 3 mm ga teng va panel ustiga yig’ilganidan so’ng solinishi mumkin. Panel ham shunday mustahkam va yengil. Yopiq panjaralar xizmat qilish maydonchalari, shaxtalar, qoplamalar, o’tishlar, kabel yo’llari uchul to’g’ri keladi.

 


Ranglar

Panjaralar sizlarning talablaringizga ko’ra siz istagan rangda ishlab chiqarilishi mumkin.

Quyma panjaralar

Quyma panjaralar bo’yalganda ularning faqat usti bo’yalib qo’yilmasdan balki bo’yoqni qatronga qo’shish yo’li bilan bo’yaladi. Buning natijasida rang uzoqroq saqlanib, eskirmay turadi.