Qirqish va yig’ish

Qirqish va yig’ish

Panjaralar bizning xaridorlarimiz uchun spetsifikatsiya bo’yicha quyilishi yoki qirqilishi mumkin. Qirqilgan chetlari egovlanib ularga qatron bilan ishlov beriladi. Bu ularning yemirishga bo’lgan qarshiligini oshiradi. Biz o’z majburiyatlarimizni bajarib xaridorlarimizga kelishgan narhlarda panjaralarni o’rnatib ularni xizmat qilishni taqdim etamiz.

1. Kesish
2. Chetlarini egovlash
3. Chetlariga qatron bilan ishlov berish
4. O’rnatish

O’zgaruvchar oyoqchalar va plastik qo’shimchalar

Mavjud bo’lgan o’zgaruvchan oyoqchalar plastik yoki zanglamaydigan po’lattan ishlangan, ularning kattaligi 7 mm dan 100 mm gacha bo’ladi. Panjara panelini 7 mm ga ko’tarish uchun (misol uchun yomg’ir suvlari panjaraning tagidan o’tishini ta’minlash maqsadida) maxsus plastik ulamalar mavjud.
Panellarni past darajada sirpanish xususiyatiga ega tekislik sifatida ishlatish uchun ham bunday ulamalar ishlatiladi.
Ular shuning dek uzoq vaqt davomida qattiq tekislikda turganda oyoq charchashini kamaytirish uchun ishlatiladii.

Standart ulash turlari
Epoksid panjara panellarini ulash uchun ishlatiladigan standart ulashlar uch turda 316-zanglamaydigan po’lattan ishlab chiqariladi

 

Turi M – mahkamlaydigan ulash, panjarani poyga mahkamlab uni 4 tomonga siljishiga yo’l qo’ymaslik uchun mo’ljallangan ulash

Turi L – poyni quvvatlab turadigan panjarani ta’minlash maqsadida ishlatiladigan ulash

Turi C – ikkita qo’shni panjarani ulash uchun ishlatiladi

1. Panellarning taxminlari
eni hamda balandli bo’yicha +/- 3 mm
yo’g’onligi bo’yicha +/- 1,5 mm
Quyshayish taxminlari:
uzunligi boyicha bir metrga 4,5 mm
eni bo’yicha bir metrga 2,5 mm

2. Qirqish taxminlari:
uzunligi bo’yicha +/- 5 mm
eni bo’yicha +/- 5 mm
atrofi bo’yicha +/- 2 mm


Ranglar

Panjaralar sizlarning talablaringizga ko’ra siz istagan rangda ishlab chiqarilishi mumkin.

Quyma panjaralar

Quyma panjaralar bo’yalganda ularning faqat usti bo’yalib qo’yilmasdan balki bo’yoqni qatronga qo’shish yo’li bilan bo’yaladi. Buning natijasida rang uzoqroq saqlanib, eskirmay turadi.